Bivol ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Sport

image

Yarim og‘ir vaznda WBA yo‘nalishi jahon chempioni, professional bokschi Dmitriy Bivol Rossiyada xizmat ko‘rsatgan sport ustasi unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Sankt-Peterburg ma’muriyati matbuot xizmati xabar berdi.

“Bu unvon mehnatingiz va ringdagi yorqin janglaringizga berilgan yuksak bahodir. Ishonchim komilki, sizni yangi g‘alabalar kutib turibdi”, deydi Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov Bivolga ko‘krak nishonini topshirish chog‘ida.

Bivol o‘zining so‘nggi jangida 2022 yil noyabr oyida Gilberto Ramiresni mag‘lub etdi. O‘tgan yilning may oyida Dmitriy bir ovozdan Saul Alvaresdan ustun keldi.

Bivol professional boksdagi debyutini urugvaylik Xorxe Rodriges Oliveyra bilan jangda o‘tkazgandi. Oltinchi raundda to‘xtatilgan ushbu jang texnik nokaut bilan Dmitriy foydasiga yakunlangan. Bivol profboksda umumiy 21 ta jang o‘tkazib, to‘qnashuvlarning barchasida zafar quchgan.


Maqola muallifi

Teglar

Dmitriy Bivol Gilberto Ramires

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing