Bivol keyingi jangini qachon o‘tkazadi?

Sport

image

Yengil vazn toifasidagi Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) chempioni rossiyalik Dmitriy Bivol navbatdagi jangini yil oxirida o‘tkazishi mumkin. Bu haqda sportchi “ProBoxTV” YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Biz Saudiya Arabistonida bo‘lajak jangimni muhokama qildik, umid qilamanki, navbatdagi jangim yil oxiri yoki kelasi yilning boshida bo‘lib o‘tadi”, deydi Bivol.

Bokschi oxirgi marta 2022 yilning noyabrida Jilberto Ramiresga qarshi ringga chiqqandi. Bivol-Ramires jangi to‘liq davom etgan va hakamlarning yakdil qarori bilan Dmitriy g‘alaba qozongandi. Dmitriy hisobida 21 ta g‘alaba (11 tasi nokaut bilan) mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov  28 oktyabr kuni Ar-Riyodda o‘tkazilgan Fyuri-Ngannu jangiga bahsni tomosha qilishdan tashqari, yana qanday sabablarga ko‘ra Saudiyaga borgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Bahodir Jalolov Dmitriy Bivol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made