Bitta daraxt kesgan fuqaro 17 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortildi
3-sahifa
−
21 avgust
2001Toshkent shahrining Sergeli 7-mavzesida daraxt kesgan fuqaro jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Madadkor” MFYda fuqaro Y.U. tomonidan 1 ta daraxt kesilib, o‘sishdan to‘xtash darajasida shikast yetkazilgani ma’lum bo‘lgan. Oqibatda tabiatga 8 million 840 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Y.U.ga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari – 8 million 500 ming so‘m jarima belgilandi. Huquqbuzar jami 17 million 340 ming so‘m tovon to‘laydigan bo‘ldi.
Shuningdek, unga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 464-son qaroriga asosan kesilgan daraxt uchun kompensatsiya tarzida 100 tup ko‘chat ekish majburiyati yuklatildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 21 tup qayrag‘ochni kesganlar 2 yilga qamalgandi.
LiveBarchasi