Qurilish vazirligiga normativ hujjatlar uchun 15 mlrd so‘m ajratildi
Jamiyat
−
14 mart 2020
6440Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergandik.
Farmon bilan Moliya vazirligi quyidagilar yuklatildi:
bir oy muddatda qurilish tarmog‘ini isloh qilish, shu jumladan, milliy normativ hujjatlarni ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish maqsadida xalqaro ekspertlar va konsultantlarni jalb etishda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga amaliy yordam ko‘rsatish;
2020 yilda milliy normativ hujjatlarni ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, xalqaro ekspertlar va konsultantlar xizmatlari to‘lovini amalga oshirish uchun bir oy muddatda Qurilish vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 15 milliard so‘m ajratilishini ta’minlash;
2021-2023 yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarini ishlab chiqishda milliy normativ hujjatlarni ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni ajratishni nazarda tutish.
LiveBarchasi