Bitkoin narxi keskin arzonlashdi
Bu qiziq
−
17 noyabr 4456 1 daqiqa
Eng mashhur kriptovalyuta hisoblanuvchi bitkoin kursi keskin pasaydi. O‘zining eng yuqori qiymati bilan solishtirganda token deyarli 25 foizga arzonlagan. Bugun, 17 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 13:25 holatida uning narxi 95 638 dollarni tashkil etmoqda.
2025 yilning deyarli butun davrida bitkoin barqaror o‘sishda davom etgan. Masalan, oktyabr oyida dunyodagi eng mashhur kriptovalyuta kursi 125 ming dollarga yetgan, keyinchalik esa 126 ming dollardan oshgan.
Biroq Investing.com ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda bitkoin keskin qulagan. Bugun, 17 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 13:25 holatida uning narxi 95 638 dollarni tashkil qilmoqda. Bir kunda narx 0,5 foizga, ya’ni qariyb 500 dollarga pasaygan. Agar eng yuqori ko‘rsatkich bilan solishtirilsa, kurs deyarli 25 foizga yoki 30 869 dollarga tushgan.
Shu bilan birga, ayrim ekspertlar bitkoin qiymatining keskin pasayishini anglatadigan “ayiqcha trend”dan qo‘rqmaslikka chaqirmoqda. Ularning fikricha, oktyabr va noyabr oylarida aktivlar narxining pasayishiga hamda investorlar kayfiyatining yomonlashuviga olib kelgan tebranishlarga qaramay, криптобозорнинг uzoq muddatli istiqbollari baribir umidli ko‘rinadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Donald Trampning AQSH Prezidenti lavozimiga inauguratsiyasidan keyin bitkoinning keskin o‘sishi boshlangan edi. Ikkinchi “sakrash” esa iyul oyida uning tariflarga doir bayonotlari ortidan yuz berdi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr