Bitiruvchilarga shahodatnoma qachon berilishi ma’lum qilindi
Jamiyat
−
20 may 2020 10571 1 daqiqa
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarini bitirganliklari to‘g‘risidagi shahodatnoma hududda epidemiologik vaziyat yaxshilanganidan keyin o‘quvchilarga topshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining buyrug‘ida e’lon qilindi.
Unga ko‘ra:
- 5-iyunga qadar bitiruvchilarga attestat (shahodatnoma va sertifikat) blankalariga qo‘yiladigan yakuniy baholar attestat.uzedu.uz elektron tizimiga kiritiladi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi;
- 15-iyunga qadar chop etilgan attestat (shahodatnoma)lar elektron shaklda (skaner) bitiruvchilarga yetkaziladi;
- tayyorlangan attestat (shahodatnoma)lar, oltin va kumush medallar hududda epidemiologik vaziyat yaxshilanganidan keyin o‘quvchilarga topshiriladi.
- attestat (shahodatnoma)lar, oltin va kumush medallar epidemiologik vaziyat yaxshilanib, o‘quvchilarga topshirilgunga qadar barcha xavfsizlik choralari ko‘rilgan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasasida saqlab turiladi.
Avvalroq, O‘zbekistondagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yakuniy imtihonlar bekor qilingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi
Sanginovning o‘g‘li otasining eski lavozimini egalladi.
31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga bordi.
30 dekabr 2025
Prezident Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining yangi binosini borib ko‘rdi.
30 dekabr 2025
Tayvan qirg‘oqlarida 6,7 magnitudali zilzila qayd etildi.
29 dekabr 2025