Bishkekdagi SHHT sammitida qaysi mamlakatlar yetakchilari qatnashadi?
Jamiyat
−
14:45 1954 2 daqiqa
Joriy yilning 1 sentyabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda mamlakat Prezidenti Sadir Japarov raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zo mamlakatlar rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va “SHHT plyus” formatidagi oliy darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Qirg‘iziston Prezidenti Administratsiyasi ishtirokchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ushbu tadbirlarda quyidagilar ishtirok etadi:
- Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko;
- Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi;
- Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon;
- Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev;
- Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin;
- Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif;
- Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin;
- Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev;
- Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
- Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan;
- Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux;
- Togo Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi For Essozimna Gnassingbe;
- Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an;
- Laos Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Txonglun Sisulit;
- Vetnam Sotsialistik Respublikasi Vitse-prezidenti Vo Txi An Suan;
- Misr Arab Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Husayn Iso.
Xalkaro tashkilotlardan quyidagilar ishtirok etadi:
- Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Nurlan Yermekbayev;
- Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Ularbek Sharsheyev;
- Barlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish;
- Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Bosh kotibi Sergey Lebedev;
- Koloyektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti Bosh kotibi Taalatbek Masadikov;
- Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati raisi Baqitjan Sagintayev;
- Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash Bosh kotibi Qayrat Saribay.
Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni, tashkilotni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, raqamli, ekologik va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qiladi.
Majlis yakunlari bo‘yicha SHHTning yigirma besh yilligi Bishkek deklaratsiyasi, ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va Tashkilot faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan hujjatlar va qarorlar imzolanadi, shuningdek, davlat rahbarlarining bir qator tematik bayonotlari qabul qilinadi.
“SHHT plyus” formatidagi kengaytirilgan tarkibdagi oliy darajadagi uchrashuvda BMTning markaziy muvofiqlashtiruvchi roli va xalqaro huquqni mustahkamlash, shuningdek, barqaror rivojlanishga ko‘maklashish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha fikr almashiladi.
Bo‘lajak sammit Qirg‘iziston Respublikasining 2025-2026 yillardagi “SHHTning 25 yilligi: birgalikda barqaror tinchlik, taraqqiyot va farovonlik sari” shiori ostida o‘tayotgan SHHTga raisligining asosiy yakuniy tadbiri bo‘ladi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust