Bishkekda yana miting o‘tkazildi
Olam
−
01 dekabr 2023
11028Bugun, 1 dekabr kuni Bishkekdagi “Olamedin” bozorida savdogarlar miting o‘tkazdi. Bu haqda “24.kg” nashri xabar qildi.
Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, namoyishda 300 ga yaqin odam qatnashgan, ular orasida “Taatan”, “Aziz” va “Chinor” bozorlarida ishlayotgan tadbirkorlar ham bor.
Savdogarlar hech qanday murosaga kelish niyatida emas. Agar 5 dekabr kuniga qadar ularning talablari eshitilmasa, namoyishchilar yana piketga chiqadi.
2024 yil 1 yanvardan Qirg‘izistonda savdo faoliyati uchun patent bekor qilinadi. “Dordoy” va “Qorasuv” bozorlari alohida soliq rejimiga o‘tmoqda. Unda mazkur bozorlarda nazorat-kassa mashinalari qo‘llanilmasligi, soliq miqdori tovar aylanmasiga bog‘liq bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. Bunday holda, savdo faqat bozor ichida mumkin bo‘ladi.
“Orto-Say” bozori va “Madina” bozori ishchilari esa maxsus soliq rejimida ishlay olmasligidan norozi. Ular kassa apparatidan foydalanishlari kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 30 noyabr kuni Bishkekda ham namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Uchta bozor savdogarlari miting o‘tkazdilar. “Dordoy”da maxsus soliq rejimiga o‘tishga norozilik bildirib, patent bo‘yicha ishlashni davom ettirishni talab qildi.
LiveBarchasi
26 noyabr