Bishkekda miting bo‘lishi kutilmoqda

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasining sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevning tarafdorlari uning tug‘ilgan kuniga miting uyushtirishmoqda. 

Bu haqda Facebook`dagi sahifasida Qirg‘iziston sotsial-demokratlar partiyasi raisi o‘rinbosari Kunduz Joldubayeva ma’lum qilgan, deya yozmoqda “Kaktus media” .

Miting shu yilning 17 sentyabr Bishkekdagi Gorkiy nomidagi bog‘da soat 16:00 dan 20:00 gacha bo‘lib o‘tadi. 

Sobiq Prezidentning sheriklari uni shu tarzda tabriklashni xohlashadi. Shu kuni Almazbek Atamboyevga beriladigan tilaklar va tabriklarni to‘plash uchun punkt tashkil etiladi.

Tashkilotchilar poytaxt hokimiyatiga xabarnoma yuborishdi.

Eslatib o‘tamiz, 17 sentyabr kuni Almazbek Atamboyev 63 yoshga to‘ladi. U o‘z tug‘ilgan kunini tergov hibsxonasida nishonlaydi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Bishkek miting

Baholaganlar

86

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing