Bishkekda maxsus xizmat xodimlari uchun namozxona ochildi (video)

Olam

image

Kecha, 28 noyabr kuni Bishkekda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Pervomayskiy va Sverdlovsk tuman bo‘limlari yangi binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev, Bishkek shahar hokimi Aybek Junushaliyev, maxsus xizmat faxriylari va boshqarma xodimlari ishtirok etdi.

E’tiborli jihati, yangi binoda xodimlar uchun namozxona ham tashkil etilgan.

Qamchibek Tashiyev xodimlarni ushbu voqea bilan tabriklab, mamlakat rahbariyatining bundan buyon ham boshqarmaning moddiy-texnik bazasini yaxshilashga e’tibor qaratishini ta’kidladi.

“Biz Vatanimizga halol va mehr-muhabbat bilan xizmat qilishda davom etib, milliy xavfsizlikni mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz”, yangi binoning ochilish marosimida.

Qamchibek Tashiyev qo‘mita rahbariyati xodimlarni mamlakat manfaatlarini himoya qilish, uning xavfsizligini ta’minlash uchun bor kuch-g‘ayratini ishga solishga chaqirdi.
Shuningdek, u Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi oltinchi boshqarmasi xodimlariga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotganini qo‘shimcha qildi. 

“Maxsus operatsiyalarni o‘tkazayotganda shaxsiy manfaatlarga amal qilmang. Davlat manfaatidan ko‘ra o‘z manfaatingizni ustun qo‘ysangiz, bu bugun emas, ertaga ayon bo‘ladi. Orangizda bir yil yoki olti oy oldin jinoyat sodir etgan oltinchi bo‘limning ikki-uch xodimi bor. Men tergov qilishni buyurdim. Men hammasini bilib olaman! Agar kimdir pora olishga qaror qilsa, u javobgarlikka tortiladi”, dedi Tashiyev.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Bishkek Qamchibek Tashiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing