Bishkekda birinchi xonimlar uchun ziyofat uyushtirildi
Olam
−
06 noyabr
6901Kecha, 5 noyabr kuni Qirg‘iziston Prezidentining rafiqasi Oygul Japarova rasmiy tashrif bilan Qirg‘izistonga borgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning rafiqasi Emina Erdo‘g‘an va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning rafiqasi Aniko Levai sharafiga ziyofat berdi. Bu haqda “Hurriyet” xabar berdi.
“Ala-Archa” davlat qarorgohida tashkil etilgan ziyofatga kelgan liderlarning rafiqalari Oygul Japarova tomonidan kutib olingan. Davlat rahbarlarining turmush o‘rtoqlari bilan birga kechki ovqatdan oldin mamlakatning an’anaviy qo‘lda to‘qilgan matolari va kashta tikilgan kiyimlari taqdim etilgan ko‘rgazmada qatnashgan.
Shundan so‘ng mamlakat yetakchilarining rafiqalari mamlakat bayroqlari oldida oilaviy suratga tushishgandan so‘ng kechki ovqat dasturxoniga taklif qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 4 noyabr kuni davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga yetib borgandi. Bishkek shahridagi “Manas” xalqaro aeroportida Turkiya rahbari va birinchi xonim Emina Erdo‘g‘anni Prezident Sadir Japarov va rafiqasi kutib olgan.
Mohinur Karimova
LiveBarchasi
06 noyabr