Bishkek sudi Atamboyevga belgilangan jazoni kuchida qoldirdi

Olam

image

Bishkek shahar sudi Qirg‘iziston sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevga nisbatan iyun oyida tayinlangan jazoni o‘z kuchida qoldirdi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi.

Bishkek shahrining Pervomayskiy tuman sudi 23 iyun kuni Atamboyevga nisbatan 11 yil va ikki oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan edi. Atamboyev jinoyat olamida mashhur bo‘lgan Aziz Batukayevni noqonuniy ozodlikka chiqarishda va korrupsiyada ayblangan. Himoya va qoralovchi tomon yuqori turuvchi tashkilot - Bishkek shahar sudiga sud hukmidan norozi bo‘lib shikoyat bilan murojat qilgan edi.

“Sudyalar tarkibi Pervomayskiy tuman sudi chiqargan hukmni o‘z kuchida qoldirdi”, deyiladi xabarda.

Batukayev Bishkek chetidagi koloniyada ommaviy tartibsizlik keltirib chiqargani uchun 2006 yilda 16 yilga qamalgandi. Ammo 2013 yilda Batukayev qon saratoniga chalingan deb, ozodlikka chiqarilgan. Oradan bir necha soat o‘tib esa u yangi pasport olib mamlakatni tark etgan. Tergovga ko‘ra, uning ozodlikka chiqarilishigda sobiq Prezident Atamboyevning qo‘li bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Sotsial-demokratik partiyasi rahbari bo‘lgan Almazbek Atamboyev hokimiyatni o‘rinbosari va yaqin safdoshi Sooronbay Jeenbekovga bergandi. Jeenbekov 2017 yilda saylovda g‘olib bo‘lgan. Ammo ko‘p o‘tmay, sobiq Prezidentning jamoasiga qarshi jinoiy ish ochilgan. Atamboyevning sobiq Prezident unvoni bekor qilingan. Atamboyev o‘ziga qo‘yilgan ayblovlar siyosiy xarakterga ega ekanini ko‘p bor takrorlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Almazbek Atamboev

Baholaganlar

234

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing