Birjada benzin 15 foizga arzonlashdi

Jamiyat

image

Birja savdolarida AI-80 markali avtomobil benzini narxi tushishni davom etmoqda. Kecha, 22 noyabr kuni AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha sotilish narxlari 1 tonnasi 10 mln 129 ming so‘mdan 8 mln 570 ming so‘mgacha pasayib, 15 foizga arzonlashdi. Bu xaqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ko‘rilayotgan choralar natijasida kichik 1 tn lotlar hajmi joriy yilning  22 noyabridan 50 foizgacha oshirildi. Kecha birja savdolariga jami 4317 tn AI-80 markali benzin qo‘yilgan bo‘lsa shundan 3879 tn yoki 90 foizi  sotilgan.

Ta’kidlanishicha, kichik 1 tn lotlar savdosida Buxoro NQIZ tomonidan mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilgan benzinning o‘rtacha sotish narxi 7 mln 55 ming so‘mgacha pasaydi yoki 16 noyabrga nisbatan 28 foizga arzonlashdi, “Sanoat energetika guruhi” MCHJ QK mahsuloti bo‘yicha pasayish 15 foizni tashkil etdi.

Birja savdolari orqali benzin sotib oluvchi kunlik xaridorlar soni 7 barobarga oshdi (32 tadan 239 taga).


Maqola muallifi

Teglar

benzin

Baholaganlar

535

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing