Birovning Captiva'siga atay zarar yetkazgan IIB xodimiga nisbatan ish ochildi

Jamiyat

image

Kecha, 19 iyun kuni bir qancha ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar xodimi ko‘p qavatli uy oldidagi yo‘lakka tashlab ketilgan Captiva rusumli avtomobilning orqa chap eshigi va chap qanotini temir buyum bilan tirnagani aks etgan video e’lon qilindi. 

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu holat 17 iyun kuni taxminan soat 8.10 da sodir bo‘lgan. Yashnobod tumani IIO FMB xodimi D.S. o‘ziga tegishli Matiz rusumli avtomobilda xizmatga ketmoqchi bo‘lgan vaqtda yo‘lda turgan Captiva rusumli avtomobil sababli yo‘lga chiqa olmagan. Xodimning izohiga ko‘ra, Captiva avtomobili haydovchisi E.B. ilgari ham mashinasini atrofdagilarning yo‘lini to‘sgan holda qoldirib, tanbehlarga e’tibor bermas ekan. 
Ta’kidlanishicha, IIO xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda, zararni qoplash bo‘yicha choralar ko‘riladi. Toshkent shahar IIBB o‘z xodimining xunuk qilg‘iligi uchun uzr so‘ragan. 

Shuningdek, IIBB haydovchilardan o‘zgalarni hurmat qilishni va avtomobillarini tashqarida, ayniqsa ko‘p qavatli uylar yaqini yoki mahallalar ko‘chalarida o‘zgalarga xalal bermaydigan holda qoldirishlarini so‘rab qoladi.


Maqola muallifi

Teglar

IIB Captiva Matiz

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made