Birorta ham do‘stimni rasmiy lavozimga tayinlamayman – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, “u birorta ham do‘stini rasmiy lavozimga tayinlamagan, tayinlamaydi ham”.

Ma’lumot o‘rnida aytish lozim-ki, Zelenskiyning inauguratsiyasiga roppa-rosa bir yil to‘ldi. U 2019 yilning 20 may kuni Ukraina Prezidenti sifatida faoliyatini boshlagan edi. U shu munosabat bilan bergan intervyusida qator fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Men biron bir do‘stimni rasmiy lavozimga tayinlamaganman ham, bunday bo‘lmaydi ham. Chunki bu kelajakda ko‘plab rishatalarning uzilishiga olib keladi. Hokimiyat boshqa, do‘stlar boshqa. Men bunday bo‘lishini istamayman”, deb o‘tgan u bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, uning idorasi rahbari Andrey Yermak har doim uning advokati bo‘lgan. U zarur ma’lumotlarga ega va unga ishonadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelinskiy

Baholaganlar

123

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing