Turkmanistonda Birinchi Prezidentni xotirlashga jiddiy cheklovlar o‘rnatildi

Jamiyat

279202de-a1a6-4561-972f-6c010229e619

Turkmanistonda birinchi Prezident Saparmurat Niyozovning vafoti kunida xotira marosimlari o‘tkazilishiga qat’iy cheklovlar joriy qilindi. Bunday qaror joriy yilning 19 dekabr kuni Ashxobodda yuqori martabali amaldorlar ishtirok etgan yig‘ilishda qabul qilingan.

 “Xronika Turkmenistana” o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, yig‘ilishda Prezident apparati, Bosh vazir o‘rinbosarlari, Majlis (Parlament) raisi va boshqa bir qator rasmiylar ishtirok etgan.

Unda 21 dekabr — Saparmurat Niyozovning vafoti kunida faqat Axshoboddagi yodgorlikka gullar qo‘yish marosimini o‘tkazishga qaror qilingan.

Yig‘ilishdan so‘ng Milliy xavfsizlik vazirligi hududiy boshqarmalari hokimliklar va Xalq maslahati a’zolari, Parlament deputatlari hamda yirik korxona rahbarlarini mahalliy darajada xotirlash marosimlari o‘tkazilmasligi to‘g‘risida xabardor qilgan.

Ilgari Saparmurat Niyozovning vafoti kunida xotirlash marosimlarini mamlakatning istalgan hududida korxona rahbarlari, shu jumladan nodavlat tashkilotlari tashkil qilishi mumkin edi.

21 dekabr kuni Ashxobodda Niyozovni xotirlash marosimi o‘tkazilgan. Davlat axborot agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, marosimda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirok etmagan.

Ma’lumot uchun, Saparmurat Niyozov 1991-2006 yillarda Turkmaniston Prezidenti bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston Saparmurat Niyozov

Baholaganlar

410

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing