Birinchi kurs talabalari uchun o‘qish kredit-modul tizimida bo‘ladi
Jamiyat
−
06 avgust 2020
104192020-2021 o‘quv yili kamida 35 ta davlat OTMlarida birinchi kurs talabalari uchun o‘qish kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi. Bu haqda Prezident rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aytib o‘tildi.
Qayd etilishicha, ta’lim jarayonini sifatli o‘quv resurslari bilan boyitish uchun salohiyatli professor-o‘qituvchilarni jalb etish muhimligi qayd etildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 25 avgustgacha barcha 7 ming 200 dan ziyod fan bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning raqamli uslubiy ta’minotini va masofaviy ta’limga moslashtirilgan o‘quv dasturlarini yaratishi belgilandi.
“Taraqqiy etgan davlatlar tajribasi ta’lim dargohlarini zamon talablariga moslashtirmasdan ilmiy va texnologik yutuqlarga erishish qiyin bo‘lishini ko‘rsatmoqda”, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Shu sababdan joriy yilda nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda O‘zbekistonning kamida 5 ta oliy ta’lim muassasasi transformatsiya qilinadi. Bunda asosan tuzilma va o‘qitish texnologiyalari takomillashtiriladi, natijada ular zamonaviy ta’lim beradigan va innovatsiyalarni joriy qiladigan ilmiy dargohga aylantiriladi.