Birinchi xonim “Zamin Education” loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashdi
Jamiyat
−
09 noyabr 2020
10262O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva rahbarligidagi "Zamin" fondi “Eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ta’limni rivojlantirish” dasturi doirasida "Zamin Education" loyihasini boshladi. Ziroat Mirziyoyeva ushbu loyiha ishtirokchilari bilan uchrashdi.
Loyiha birinchi "Zamin Education" o‘quv resurs markazi ochilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT-maktab bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Sinfda ma’lumotlarni qabul qilish sifatini oshirishga qaratilgan yordamchi uskuna — FM-tizimi o‘rnatilgan. Shuningdek, har bir o‘quvchiga individual eshitish vositalari taqdim etilgan.
Asosiy maqsadlar eshitish qobiliyati zaif bolalarning kasbiy mahoratini rivojlantirish va ijtimoiylashuvda qo‘llab-quvvatlash, ularni oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishga tayyorlash, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o‘qituvchilarining malakasini oshirish va yangi metodologiyani ishlab chiqishdan iborat.
"Zamin" fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva o‘quv jarayoni bilan tanishish uchun ushbu sinfga tashrif buyurib, 102 va 106-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning yuqori sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashdi. Iliq muhitda bolalar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar va o‘rganilayotgan mavzular haqida so‘zladilar.
Birinchi o‘quv-resurs markazining muvaffaqiyatli natijalaridan so‘ng mamlakatning barcha 14 hududlarida “Zamin Education” sinflarini tashkil etish rejalashtirilgan.
LiveBarchasi