Birinchi bosqich talabalari uchun dars mashg‘ulotlari boshlanish kuni o‘zgardi 

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2021/2022-o‘quv yiliga talabalikka tavsiya etilganlar (1-bosqich talabalari) uchun joriy yilning 6 sentyabridan dastlabki tanishtiruv haftaligi (xususan, mustaqillik darslari), 13 sentyabridan esa o‘quv rejaga muvofiq dars mashg‘ulotlari boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi. 

Yangi o‘quv yilidan boshlab barcha oliy ta’lim muassasalarining birinchi kurs talabalari uchun o‘quv jarayoni kredit-modul tizimi orqali tashkil etiladi. 

Tanishtiruv haftaligida talabalar kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, o‘quv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar bilan tanishtiriladi. 

Shu bilan birga, tanishtiruv haftaligini tashkil etishda doimiy yashash manzilidan, xususan, Respublikaning boshqa hududlarida bo‘lgan talabalarning oliy ta’lim muassasasiga yetib kelishi, turar-joylariga joylashishi uchun vaqt ajratilishi inobatga olinadi. Yuqori kurs (birinchi kursdan tashqari) talabalari uchun esa dars mashg‘ulotlari umumiy tartibda 6 sentyabrdan boshlanadi. 

Avvalroq, O‘zbekistonda mahalliy oliygohlararo o‘qishni ko‘chirish imtihoni javoblari joriy yilning 6 sentyabr kuni soat 16:00 dan boshlab OTM rasmiy saytida e’lon qilinishi haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

OTM talaba o'qish

Baholaganlar

625

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing