Birdaniga ikki o‘lim. Toshkentda er-xotin koronavirusdan vafot etdi
Jamiyat
−
14 iyul 2020
26474Bugun, 14 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan yana ikkita o‘lim holati qayd etildi. Shunday qilib mamlakatda virus qurbonlari soni 67 nafarga yetdi. Bu haqad Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Olmazor tumanida yashovchi 68 yoshli K.A. (erkak) va uning turmush o‘rtog‘i 67 yoshli S.A. tana harorati 38 S gacha ko‘tarilishi, umumiy holsizlik sababli joriy yilning 5 iyul kuni tez tibbiy yordam mashinasida Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan. Bemorlardan “COVID-19” infeksiyasiga namuna olingan va kasallik tasdiqlangan.
Ularga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shahar 1-sonli klinik shifoxonasiga olib kelinib, reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Har ikki bemorda o‘tkir nafas yetishmovchiligi kuzatilgani sababli sun’iy nafas olish apparatiga olingan. Ularga “COVID-19” infeksiyasi og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan.
Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiyasi, gipertoniya arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Shifoxonada bemorlarning davolanishi davomida tibbiyot xodimlari tomonidan konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan er-xotin bemorlarning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
LiveBarchasi