Birdan ikki o‘lim. Sirdaryolik va toshkentlik bemor vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusdan navbatdagi ikki o‘lim qayd etildi. Shu tariqa mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar 83 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Guliston tumanida yashagan 69 yoshli T. S. (erkak)da 11 iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Sirdaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Bemorga miokard infarkti, COVID-19 infeksiyasi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Bundan avval 29 iyun kuni bemor miokard infarkti tashxisi bilan Guliston tumani markaziy shifoxonasida davolangan. Shuningdek, bemorda gipertoniya kasalligining va semizlikning 3-darajalari borligi aniqlangan.

Ushbu hamroh kasalliklar fonida tashxis qo‘yilgan kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og‘irlashgan bemor, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Yana bir bemor Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashagan 55 yoshli U. A. (erkak) 16 iyul kuni Zangiota tumanidagi “Nazarbek” yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘ta og‘ir ahvolda olib kelingan.

Bemorda COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniyaning o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari kuzatilgan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

17 iyul kuni hamroh kasalliklar fonida kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og‘irlashgan bemor,  mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan,  o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligining 4-darajasi hamda poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

205

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing