Bir yo‘la uch jonivorni eslatib yuboruvchi surat shov-shuvga sabab bo‘ldi

Bu qiziq

image

3Pelca laqabli Reddit foydalanuvchisi uy hayvonining fotosurati bilan tarmoq foydalanuvchilarini hayratda qoldirdi. Jonivorning yuzi bir vaqtning o‘zida cho‘chqa, echki va itni eslatib yuborishi ko‘pchilik e’tiboriga tushdi.

Foydalanuvchilarning fotosuratdagi mavjudot haqidagi fikrlari turlicha bo‘ldi: kimdir uni echki desa, boshqa birov esa kuchukcha deb atadi. Jonivorni cho‘chqacha deganlar ham topildi.

Ba’zilariga surat qahramonini tasniflash qiyin bo‘lgan. "Men buni yarim echki va yarim it deb o‘yladim", deb yozgan flashyturnip niki egasi. "Menga bu jonivor Hindistonda tez-tez tug‘iladigan echki-mutantlarni yodga solib yubordi", deya fikr bildirgan cuterthanyourcat.

Keyinchalik foydalanuvchilar fotosuratda it tasvirlangan degan yagona to‘xtamga kelishdi. Va xuddi shunday bo‘lib chiqdi ham. Fotosurat muallifi uning it ekanligini tan oldi.


Maqola muallifi

Teglar

it 3Pelca

Baholaganlar

322

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing