Ilk bor ingliz tilida bo‘lmagan film g‘olib – “Oskar”ning barcha sovrindorlari

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 10 fevral kuni Los-Anjelesdagi Dolby Theatre’da 92-bor “Oskar” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Marosim o‘z tarixida uch bor va ikki bor ketma-ket boshlovchisiz o‘tdi. Uning o‘rniga turli aktyorlar, shou-biznes yulduzlari mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sahna bezagiga minglab Swarovski kristallari ishlatildi va unga 44 million dollar sarflandi.

Oskar-2020 ning barcha nomzod va g‘oliblari:

Eng yaxshi film  - Parazitы / Parasite 

Eng yaxshi aktrisa - Rene Zellveger. (Judi / Judy filmi)

Eng yaxshi aktyor - Xoakin Feniks, (Joker / Joker filmi)

Ikkinchi plandagi eng yaxshi актриса - Lora Dern. (Nioh tarixi / Marriage Story)

Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor - Bred Pitt. (Gollivudda bir kun / Once Upon A Time in Hollywood)

Eng yaxshi rejissyor - Pon Jun Xo. (Parazitlar / Parasite filmi)

Eng yaxshi saundtrek - (I'm gonna) Love Me Again. Elton Jon musiqasi, Berni Topin so‘zi. (Roketmen / Rocketman filmi uchun)

Film uchun eng yaxshi musiqa - Xildur Gudnadouttir (Joker / Joker)

Xorijiy tildagi eng yaxshi film - Parazitlar / Parasite

Eng yaxshi grim va turmak - Mashmasha / Bombshell

Eng yaxshi vizual effektlar - 1917 / 1917

Eng yaxshi montaj – Ford Ferrarriga qarshii / Ford vs Ferrari

Eng yaxshi operatorlik ishi - 1917 / 1917

Eng Yaxshi to‘liq metrajli hujjatli film - Amerika fabrikasi / American Factory

Eng yaxshi ssenariy - Parazitlar / Parasite

Eng yaxshi animatsion film – O‘yinchoqlar tarixi 4 / Toy Story 4

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, "Eng yaxshi film" va boshqa qator nominatsiyalar g‘olibi bo‘lgan "Parazitlar" filmi Janubiy Koreya kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan bo‘lib, u ingliz tilida emas, balki koreys tilidadir. Bu "Oskar" tarixida ilk xorijiy tildagi film g‘olib bo‘lganini anglatadi. Film rejissyori - Po Chjun Xo. Byudjeti - 11,5 million dollar. Umumiy foyda - 131 372 654 dollarni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Oskar

Baholaganlar

171

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing