Bir yarim ming fransuz Ukrainadagi urushda qatnashishga tayyor – Zaxarova
Olam
−
03 aprel
11716Joriy yilning aprel oyida qariyb 1,5 ming fransuz harbiylari Ukrainadagi urushda qatnashish uchun jangovar shay holatga keltiriladi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
"Bizda rasmiy Parij Ukrainaga yuborish uchun harbiy kontingent tayyorlayotgani haqida yangi ma’lumot bor. Shu maqsadda Fransiya xorijiy legioni qo‘mondonligi mart oyi boshida taxminan 1500 kishidan iborat batalon-taktik guruhi tarkibini tasdiqladi", degan Zaxarova.
Unga ko‘ra, aprelda guruh Ukrainadagi harbiy amaliyotlarda ishtirok etish uchun to‘liq jangovar holatga keltirilishi kutilmoqda.
"Ayni paytda fransuzlar o‘z tarixining sharmandali qismi – Ukrainadan madaniy boyliklar, shu jumladan Vizantiya ikonalarini yashirincha olib chiqib ketgan ota-bobolarining ishini davom ettirmoqchi", degan diplomat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev rejimi o‘zining zarariga ishlaydigan ma’lumotlarni "axborot makonidan tozalab, mamlakatda umumiy senzura joriy etishda davom etyapti”.
LiveBarchasi