Bir urib doskani sindirgan “qahramon” topildi (video)
Jamiyat
−
25 Sentabr 2023
20820Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchisi sinfxonadagi doskani urib sindirgani aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat o‘rganilib, qayerda sodir bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova xabar berdi.
Aniqlanishicha, videodagi holat Samarqand viloyati Payariq tumanidagi 19-maktabning 11-sinf o‘quvchisi tomonidan 2022 yilda, u hali 10-sinfda o‘qiyotgan paytida sodir etilgan. Video esa TikTok ijtimoiy tarmog‘iga joriy yilning 23 sentyabr kuni joylashtirilgan.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, holat o‘rganilib, o‘quvchi tomonidan maktab mulkiga yetkazilgan zarar uning ota-onasi tomonidan qoplab berilgan. Payariq tumani IIB tomonidan o‘quvchining otasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismiga (ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi) asosan jazo (bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima) qo‘llanilgan.
LiveBarchasi