Bir sutkada ming o‘lim. Rossiyada koronavirus bo‘yicha antirekord qayd etildi 

Olam

image

Kecha, 15 oktyabr kuni Rossiyada koronavirusdan 1002 kishi vafot etdi. Bu pandemiya boshlanganidan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Eng salbiy ko‘rsatkich mamlakat poytaxti Moskvaga to‘g‘ri kelgan: bir kunda 72 ta o‘lim, Sankt-Peterburgda - 67, Krasnodar o‘lkasida - 41, Sverdlovsk viloyatida - 38, Boshqirdistonda - 36, Rostov viloyatida - 33, Stavropol o‘lkasida - 32.

Infeksiyaga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada koronavirusdan vafot etish holatlari jami 222 315 taga yetgan.

Jahonning boshqa mamlakatlariga nazar soladigan bo‘lsak, koronavirusdan vafot etish bo‘yicha AQSH hali ham yetakchi ekanini ko‘rimiz mumkin: jami 743 880 ta o‘lim. Undan keyingi o‘rinlarda Hindiston (452 ming), Braziliya (602 ming) va Rossiya bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya koronavirus pandemiya antirekord

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing