Bir sinfda 3 kishida virus aniqlansa, o‘sha sinf karantinga olinadi – Bahrom Almatov

Jamiyat

image
O‘zbekistonda maktablar 14 sentyabrdan ochilishi mumkin north_east

O‘zbekistonda maktablar 14 sentyabrdan ochilishi mumkin

Maktablar ochilgach, bir sinfda 3 o‘quvchida koronavirus aniqlansa, butun sinf karantinga olinadi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori o‘rinbosari Bahrom Almatov matbuot anjumani vaqtida ma’lum qildi.

“Agar bitta sinfda bir vaqtning o‘zida uch nafar o‘quvchida virus aniqlansa, faqat o‘sha sinf karantinga olinadi. Mazkur sinf onlayn o‘qishga o‘tkazish bo‘yicha tavsiya berdik”, deya Almatovning so‘zlarini keltirmoqda QALAMPIR.UZ muxbiri.

Bahrom Almatov maktablarda ommaviy tadbirlar o‘tkazilmasligini ham alohida ta’kidlab o‘tdi.

Avvalroq, O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim maktablari 14 sentyabrdan ochilishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.

 

Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

237

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing