Bir oyga bloklab, hammani kitob va gazeta o‘qishga o‘tkazish kerak — Namangan hokimi TikTok bloklanishi haqida
Jamiyat
−
04 iyul 2021
8434Avvalroq O‘zbekiston hududida TikTok va bir qator ijtimoiy tarmoqlarga kirish cheklangani haqida xabar berilgandi. Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovning fikricha, ularni bir oyga bloklab, hammani kitob va gazeta o‘qishga o‘tkazish kerak.
Namangan viloyati hokimi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda aytishicha, bloklangan ijtimoiy tarmoqlardagi “bemaza xabarlar” odamlarni “davleniye” qilmoqda.
“Bir balolarni blokladi, deb shovqin qilishyapti. Aslida, ularni bir oyga bloklab, hammani kitob va gazeta o‘qishga o‘tkazish kerak. Bemaza xabarlar odamlarni “davleniye” qilyapti. Yoshlarni kitob bilan, ota-onasi bilan gaplashishga o‘rgatish kerak. Qaysi yosh ota-onasining oldiga borib, bir soat gaplashib o‘tira oladi? Lekin, internetda 2 soat, yarim kun, bir kunlab qolib ketadi. Shuning uchun, yoshlarimiz internetda o‘tirishdan ko‘ra ko‘proq kitob o‘qishi kerak”, deydi hokim.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 iyulidan O‘zbekiston hududida Twitter, TikTok va “VKontakte”ga kirish cheklandi. Avvalroq O‘zbekiston yuqoridagi kompaniyalarga serverlarini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha talabnomalar yuborgandi.
Shundan so‘ng, ushbu voqea boshqa ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonansga sabab bo‘ldi. Cheklovlarga deputatlar ham jim qarab turgani yo‘q. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ommabop ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishiga munosabat bildirib, “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunni foydasiz deb atadi.
LiveBarchasi