Bir oyda rekord darajada ko‘p muhojir AQSH-Meksika chegarasini kesib o‘tdi

Olam

image

1-31 dekabr kunlari 302 mingdan ortiq muhojir AQSH-Meksika chegarasini kesib o‘tgan. Bu haqda “Fox News” telekanali xabar berdi.

2023 yil dekabrida Meksikadan AQSHga kirgan muhojirlar soni 302 ming kishini tashkil etib, rekord o‘rnatdi.

Bundan tashqari, 2023 yilning 1 oktyabridan 31 dekabriga qadar migrantlar soni 785 ming kishidan oshgan. Bu birinchi chorakda qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Respublikachilar bu keskin o‘sishni ma’muriyat siyosati bilan bog‘laydi. Ular ko‘proq moliyalashtirish va immigratsiya islohotga muhtojligini bildirishadi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning dekabr oyida AQSHga turli yo‘llar bilan borgan 119 nafar O‘zbekiston fuqarosi ortga qaytarilgandi. Keyinchalik Amerika Qo‘shma Shtatlari mamlakatga noqonuniy kirgan O‘zbekiston fuqarolarini u yerdan olib chiqishda yordam bergani ma’lum bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

muhojir AQSh-Meksika chegarasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing