Ikki va undan ortiq polosali yo‘llardagi “peshexod”larda svetofor o‘rnatiladi
Jamiyat
−
12 Sentabr 2023
3267Prezidentning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi haqidagi farmoni asosida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va ushbu sohada aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida yo‘lga qo‘yiladigan bir qator amaliyotlar tasdiqlandi.
Jumladan, 2024 yil 1 yanvardan boshlab aholi punktlarida barcha yangi qurilayotgan ikki va undan ortiq polosali avtomobil yo‘llarida piyodalar o‘tish yo‘laklarini svetoforlar bilan to‘liq jihozlash majburiy etib belgilandi.
Ushbu amaliyotning joriy etilishi “peshexod”dan o‘tayotgan piyodalar bilan sodir bo‘ladigan yo‘l transport hodisalari va yo‘lni kesib o‘tish bilan bog‘liq qonunbuzarliklarning miqdorini kamaytiradi.
Shuningdek, 2024 yil 1 yanvardan avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda oldi-sotdi shartnomalari va boshqa notarial tasdiqlangan bitimlarni “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan olish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yiladi va ariza beruvchilardan mazkur hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 7 oy ichida qancha odam YTH qurboni bo‘lgani ochiqlandi.
LiveBarchasi