Bayram munosabati bilan Sergelidagi ayrim yo‘llar yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Sergeli tumanida ertaga, 25 dekabr kundan boshlab, tun-u kun faoliyat yuritadigan (24/7) gastronomik Turizm ko‘chasida “Yangi Yil” bayrami tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda tuman hokimiyati matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Sug‘diyona ko‘chasining Yangi Sergeli ko‘chasi kesishmasidan Jaloyir va Bag‘rikeng ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qismi;

Jaloyir ko‘chasining Sug‘diyona ko‘chasi kesishmasidan Obihayot ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi 2026 yilning 10 yanvar kuniga qadar yopiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish, shuningdek, bayram tadbirlari vaqtida aholi xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalar vaqtinchalik yopilishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sergeli yo'llar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing