Bir kechada 9 hududda 275 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 3 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 275 nafarga oshib, 25 828 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 122 nafari Toshkent viloyati, 56 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Samarqand viloyatida, 16 nafari Qashqadaryo viloyatida, 13 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 12 nafari Surxondaryo viloyatida, 11 nafari Xorazm viloyatida, 10 nafari Sirdaryo viloyatida hamda 9 nafari Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 16 507 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (64 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 9 166 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 564 nafari og‘ir, 215 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

274

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing