Bir kechada 226 kishi koronavirus yuqtirib oldi
Jamiyat
−
12 Sentabr 2020
6703Bugun, 12 sentyabr soat 10.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 46498 (+226) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 77 nafari Toshkent shahrida;
• 53 nafari Samarqand viloyatida;
• 30 nafari Toshkent viloyatida;
• 21 nafari Andijon viloyatida;
• 20 nafari Xorazm viloyatida;
• 8 nafari Buxoro viloyatida;
• 7 nafari Qashqadaryo viloyatida;
• 5 nafari Surxondaryo viloyatida;
• 3 nafari Navoiy viloyatida;
• 2 nafari Farg‘ona viloyatida aniqlangan.
Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 69 yoshli V.T. (erkak) hamda Parkent tumanida yashagan 65 yoshli M.N. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 43023 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 3093 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi