Bir fuqaroga beriladigan bank kartalari soniga cheklov kiritildi
Jamiyat
−
07 yanvar 2025 9729 1 daqiqa
Avvalroq, O‘zbekiston Markaziy banki mamlakatda bitta jismoniy shaxsga beriladigan bank kartalari sonini bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda 20 tagacha belgilash masalasi ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar bergan edi. QALAMPIR.UZ manbasining bildirishicha, ushbu tartib joriy yilning 1 yanvaridan kuchga kirgan.
Unga ko‘ra, banklar tomonidan bir jismoniy shaxsga kartalar sonini bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda 20 tagacha emissiya qilish mumkin bo‘ladi.
Bunda virtual va kobeydjing kartalari ham inobatga olinadi.
Markaziy bank bunday amaliyot kartalar bilan bog‘liq shubhali (frod) operatsiyalarning oldini olish, firibgarlik sxemalarida jismoniy shaxslarga tegishli hisobvaraqlar va bank kartalari ishtirokini kamaytirish maqsadida yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qilgandi.
Bunda ushbu talab chet el valyutasida ochilgan bank kartalariga nisbatan tatbiq etilmasligi ko‘zda tutilgan.
Bildirilishicha, bugungi kunda bank kartalariga ega jismoniy shaxslarning qariyb 97 foizida (22 mln ta) 5 tagacha, 3 foiz (770 mingta) jismoniy shaxsda 5-20 gacha hamda 0,03 foizda yoki 7 mingta jismoniy shaxsda 20 tadan oshiq kartalar rasmiylashtirilgan.
Jismoniy shaxslar nomiga ko‘p miqdorda ochilgan bank kartalarini tahlil qilish jarayonida, ushbu bank kartalarining bir qismidan (aksariyat holatlarda karta egasining xabari yo‘q) firibgarlik maqsadlarida foydalanilayotgani aniqlangan.
Live
Barchasi