Bir hafta uyida davolangan ayol koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

Toshkentda 60 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi. Shu tariqa mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 134 nafarga yetdi.

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashagan 60 yoshli M.A. (ayol)da 15 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan. 22 iyul kuniga qadar bemor uy sharoitida davolangan, klinik belgilar kuchayganligi sababli Ibn Sino nomli 1-sonli klinik shifoxonasiga olib kelingan, holati og‘irligi inobatga olingan holda reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘tkir miokard infarkti asoratlari bilan kechgan.

Bundan tashqari, bemorda yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar ham bo‘lgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga stabil og‘ir bo‘lib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

243

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing