Bilol Muhammad – Shavkat Rahmonov jangi bekor qilindi
Sport
−
01 noyabr 2024 5101 1 daqiqa
UFC'ning yarim o‘rta vaznida amaldagi chempion falastinlik Bilol Muhammad va qozog‘istonlik Shavkat Rahmonov o‘rtasidagi jang bekor bo‘ldi. Bu haqda “Fighttime” xabar berdi.
Tomonlar o‘rtasidagi jang 7 dekabr kuni AQSHning Las-Vegas shahri mezbonlik qiladigan UFC 310 turniri doirasida bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq Bilol Muhammadning betobligi bois to‘qnashuv bekor qilindi va hozirda qozog‘istonlik jangchiga boshqa raqib izlanmoqda.
“Bilol tezroq tuzalib ketishini tilayman. Qaytganingda jangga yuz foiz tayyor bo‘lishingni xohlayman. Hozir esa men vaqtinchalik chempionlik uchun har qanday raqib bilan kurashishga tayyorman”, deydi Rahmonov.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli Rahmonov MMA'da 18 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. 36 yoshli Bilol Muhammad esa 27 ta jangda qatnashib, 24 ta g‘alaba rasmiylashtirgan va 3 ta to‘qnashuvda imkoniyatni boy bergan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025