Bill Geyts yangi virusga qarshi kurashish uchun 5 million dollar xayriya qildi

Olam

image

Amerikaning Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts koronavirusning yangi turiga qarshi kurashda Xitoyni qo‘llab-quvvatlash uchun 5 million dollar ajratdi. Bu haqda China Daily gazetasi xabar berdi.

Bill va Myelinda Geyts jamg‘armasi pnevmoniyani yo‘q qilish bilan shug‘ullanadigan xitoylik xususiy va jamoat tashkilotlari bilan faol hamkorlik qilmoqda. Ajratilgan mablag‘lar virusni yuqtirgan odamlarni aniqlashda va davolashda, shuningdek virusga qarshi vaksinani jadal ishlab chiqishda ishlatiladi.

"Biz ushbu kasallikning tarqalishidan qattiq tashvishdamiz va pnevmoniyaga qarshi kurashda ilg‘or bo‘lganlarga samimiy hurmatimizni izhor etamiz", dedi fondning Xitoy filiali direktori Li Ino.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu xayriya Afrika mamlakatlariga qit’ada yangi turdagi pnevmoniya tarqalishining oldini olish uchun ajratilgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda ushbu virusdan kasallanib halok bo‘lganlar soni 80 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 2744 nafarga yetdi. Butun dunyo bo‘ylab 2800 nafar odamda ushbu virus aniqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bill Geyts yangi virus

Baholaganlar

98

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing