Bill Geyts keyingi pandemiyaning oldini olish haqida kitob yozdi
Olam
−
09 fevral 2022
3376Microsoft asoschisi milliarder Bill Geyts “Keyingi pandemiyaning oldini qanday olish mumkin?” nomli kitob yozdi. Kitob 2022 yilning may oyida nashr etiladi. Bu haqda Geyts o‘z blogida ma’lum qilgan.
“Kitobda men nafaqat bo‘lajak pandemiyani to‘xtatish, balki butun dunyo bo‘ylab barcha odamlar uchun sog‘liqni saqlashni yaxshilashga qo‘yishimiz mumkin bo‘lgan aniq qadamlarni bayon qildim. Men ushbu pandemiyadan xulosa olishimiz mumkin bo‘lgan saboqlarni bayon qilaman”, deb yozgan Geyts o‘z blogida.
Milliarder, shuningdek, sog‘liqni saqlash rahbarlari, jumladan AQSHning yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh mutaxassisi Entoni Fauchi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus bilan “muntazam suhbatlari” haqida gapirishga va’da bergan.
Milliarder Bill Geyts muntazam ravishda koronavirus pandemiyasi rivojlanishining mumkin bo‘lgan ssenariylari haqida o‘z fikrini o‘rtoqlashmoqda. Bundan avval Geyts mamlakatlarda “omicron” shtammi to‘lqinidan so‘ng koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamayishini, koronavirusga mavsumiy gripp kabi munosabatda bo‘linishini aytgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Bill va Melinda Geyts fondi va Buyuk Britaniyadagi Wellcome Trust fondi Epidemiyaga tayyorgarlik innovatsion koalitsiyasiga 300 million dollar ajratgan, bu past va o‘rta daromadli mamlakatlarga vaksinalarni yetkazib berish bo‘yicha Covax dasturini shakllantirishga yordam bergan.
LiveBarchasi