Bill Geyts insoniyatni “chiplashtirish”ni reja qilganmi?
Texnologiya
−
05 iyun 2020
7010Microsoft korporatsiyasining asoschisi Bill Geyts koronavirusga qarshi vaksina orqali insoniyat chiplashtiriladi, degan ayblovlarga nisbatan o‘z munosabatini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday g‘oyalarning mavjudligi biroz qo‘rqinchli, chunki bu nazariyalarning bir qismi unga ham taalluqli.
“Business Insider” nashrining yozishicha, milliarder "chiplashtirish” nazariyasiga to‘xtalar ekan, hech qachon mikrochip kabi narsalar bilan shug‘ullanmaganini aytdi.
"Bu shu darajada ahmoqlik va g‘alatiki, hatto uni rad etish juda qiyin", dedi Microsoft asoschisi.
Geytsning ta’kidlashicha, vaksinalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd etishda u ixtiyoriy ravishda ro‘yxatdan o‘tgan.
Bundan tashqari, Microsoft asoschisining ta’kidlashicha, emlashga qarshi fikrlar, hatto COVID-19 ga qarshi vaksina ixtiro qilinganidan keyin ham, jamoaviy immunitetni shakllantirishni qiyinlashtirishi mumkin.
LiveBarchasi