Bill Geyts dunyoga koronavirus pandemiyasidanda xavfli baloni eslatib qo‘ydi

Olam

image

Microsoft kompaniyasining asoschisi va sobiq rahbari Bill Geytsning fikricha, bugungi kunda dunyo e’tiborini o‘ziga qaratgan koronavirus pandemiyasidan boshqa va undanda jiddiy bir muammo ham bor.

“Turli viruslar bilan kasallanish boshqa bir muammo – iqlim o‘zgarishi bilan shug‘ullanmaguncha davom etaveradi”, deydi Geyts.

U iqlim o‘zgarishi natijasida yuz berayotgan tabiiy inqirozlardan jabrlanganlar COVID-19 dan kasallanganlardan ancha ortib ketishi mumkin, deb hisoblayapti.

“Agar iqlim o‘zgarishi insoniyatga qanday ta’sir o‘tkazishini bilmoqchi bo‘lsangiz, COVID-19 bilan bog‘liq vaziyatni 10 karra oshirib, tasavvur qiling”, degan u.

Milliarder yechim ham taklif qilyapti. Unga ko‘ra, hukumatlar va olimlar eng avvalo atmoferaga chiqayotgan uglekislorod gazini kamaytirish kerak. Amerika atmosferaga uglekislorod gazini chiqarish bo‘yicha Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Har yili atmosferaga 5,5 mln tonna uglekislorod gazi chiqadi.

U koronavirusni aniqlash va davolash bo‘yicha turli testlar bilan bir qatorda iqlim o‘zgarishi bilan qaysi vositalar orqali kurashish mumkinligi va mahsulotlar ishlab chiqarishning yangi usullari ustida bosh qotirish kerakligiga ishonyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Bill Geyts Microsoft

Baholaganlar

1181

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing