Bill Geyts dunyo boylari reytingida yetakchiga aylandi

Olam

image

Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts 2 yildan keyin ilk bor Bloomberg Billionaires Index milliarderlar reytingida yetakchilikni qo‘lga kiritdi.

Ayni paytda Geytsning boyligi 110 mlrd dollarga baholanyapti. Ikkinchi o‘rinda Amazon rahbari Jeff Bezos turibdi. Uning boyligi 109 mlrd dollarga baholanyapti. Kuchli uchlikni fransuz kompaniyasi Louis Vuitton Moet Hennessy rahbari Bernar Arno yakunlagan. U 103 dollarga egaligi ko‘rsatilgan.

Ta’kidlanishicha, Geytsning daromadlari o‘sishiga AQSH Mudofaa vazirligining Microsoft bilan 10 mlrd dollarlik 10 yillik shartnoma tuzishi yordam bergan. Vaholanki, dastlab shartnomani Amazon bilan tuzish rejalashtirilgan. Vazirlik bilan kelishuvdan ayrilgach Amazon aksiyalari 2 foizga arzonlashgan.

Bloomberg Billionaires Index – Bloomberg agentligining har hafta yangilanib boruvchi reytingi. Unda qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha biznesmenlarning boyligi baholab boriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Bloomberg Amazon Jeff Bezos Bill Geyts Microsoft

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing