“Big uzbek” O‘zbekistonga qaytdi (video)

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov 29 avgust kuni tongda Toshkentga qaytib keldi.

Sportchini Toshkent xalqaro aeroportida yaqinlari va yana bir o‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev kutib oldi.

Oxirgi jangida nigeriyalik yengilmas Onorede Ehvaremeni mag‘lubiyatga uchratgan “Big uzbek” endi bor e’tiborini Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi Xanchjou-2023 Osiyo o‘yinlariga qaratadi. Bahodir Jalolov 12 sentyabr kuni Xitoyga yo‘l oladi.

Ma’lumot uchun, Jalolov profboksda 13 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Ehvareme ustidan qozonilgan g‘alaba sportchining Top Rank'dagi dastlabki g‘alabasi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing