Bibining Turkiya haqidagi so‘zlarini yoqtirmayman – Tramp (video)

Olam

image
F-35, Ukraina urushi, Venesuela... Tramp Erdo‘g‘an bilan uchrashuvda nimalar dedi? north_east

F-35, Ukraina urushi, Venesuela... Tramp Erdo‘g‘an bilan uchrashuvda nimalar dedi?

AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Turkiyani qoralashga urinishlariga va Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anga qaratilgan bayonotlariga qarshi ekanini aytdi. Bu haqda u bugun, 8 iyul kuni Anqarada bo‘lib o‘tayotgan NATO Davlat va hukumat rahbarlarining 36-sammiti doirasidagi nutqida so‘z ochdi.

Prezident Erdo‘g‘an bilan o‘tkazgan uchrashuviga ham to‘xtalib o‘tgan Tramp ikki yetakchi o‘rtasidagi muloqot kanallari ochiq ekanini bildirgan. Isroil va Turkiya o‘rtasidagi taranglikka ham ishora qilgan AQSH Prezidenti Anqaraning mudofaa sanoatidagi yuksalishi va harbiy salohiyatiga diqqat qaratib, quyidagi fikrlarni bildirgan:

“Kecha u (Netanyaxu) Turkiya haqida yomon gaplar aytdi. Erdo‘g‘an bilan gaplashdim, u Isroilni, Bibini unchalik xushlamaydi. Men ham Netanyaxuning Turkiya va Prezident Erdo‘g‘an haqida aytgan so‘zlarini yoqtirmayman. Ularning Turkiyani yoqtirmasligi tabiiy, chunki Turkiya juda katta harbiy kuch. Endi ular F-35 qiruvchi samolyotlarini ham olishadi”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Anqarada bo‘lib o‘tayotgan NATO sammiti doirasida Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazgani hamda Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi nizo va uni yakunlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan bir qator bayonotlar bergani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing