O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida Bitim kuchga kirdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2017 yilning 25 oktyabr kuni imzolangan Turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim kuchga kirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Bitimni imzolashda fuqarolarni ilm-fan, ijtimoiy rivojlanish, madaniyat sohalarida erishilgan yutuqlar hamda tabiat, diqqatga sazovor joylar, tarixiy yodgorliklar va ikki xalq madaniy an’analari bilan tanishtirish uchun sayyohlik sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish maqsad qilingan. 

Hujjatga muvofiq tomonlar xalqaro anjumanlar, forumlar,  seminarlar, ko‘rgazmalar, OAVda nashrlar orqali “Buyuk ipak yo‘li” va boshqa shu kabi qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlari va brendlarini ilgari surishga ko‘maklashadilar. 

Bitimga ko‘ra tomonlar sayyohlik sohasidagi korxonalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish,  sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish uchun investitsiyalarni jalb qilishga ko‘maklashadilar.

Ma’lumot o‘rnida, Bitim O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yild 25-26 oktyabr kunlari Turkiya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida imzolangan edi

Unda iqtisodiyot, savdo-sotiq, sanoat, bank-moliya, investitsiya, turizm, transport-logistika, sog‘liqni saqlash, kadrlar tayyorlash, mudofaa va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir 20 dan ziyod hujjat imzolangan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya

Baholaganlar

26

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing