Senat O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi muhim hujjatni ma’qulladi
Jamiyat
−
28 dekabr 2022
9122O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi bitimni (Toshkent, 2022 yil 29 mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonuni ma’qulladi.
Qayd etilishicha, mazkur xalqaro bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi Qonun O‘zbekiston va Turkiya fuqarolariga sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘z mamlakatida o‘tash uchun huquqiy asos va imkoniyat yaratadi.
Ushbu huquqiy hujjatga ko‘ra mahkumlar qonunda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq kelishayotgan tomonlarning murojaatlari asosida beriladi.
Muhokama chog‘ida senatorlar mahkumlarning jazoni o‘z yurtida va jamiyatida o‘tashi ularga yaqinlari bilan muntazam ko‘rishib turish imkonini berishini, bu esa oilaviy munosabatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini, shuningdek, mahkumlarning jamiyat ijtimoiy hayotiga moslashishiga yordam berishini alohida ta’kidladi.
Senatda ta’kidlanishicha, Qonun qabul qilinishi fuqarolarning huquq va manfaatlarini yanada samaraliroq himoya qilish imkonini beradi, respublikaning xalqaro maydondagi ijobiy nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu Bitim 2022 yil 30 mart kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan edi.
LiveBarchasi