Beyonse konsertiga kelgan minglab muxlislarining yo‘lkirasini to‘lab berdi

Madaniyat-san’at

image

Mashhur qo‘shiqchi Beyonse 6 avgust kuni Vashingtondagi konsertidan so‘ng muxlislari uylariga bexavotir yetib olishi uchun shahardagi metro liniyalarini band qildi. Bu haqda “Dailymail” nashri xabar berdi.

Aytilishicha, 41 yoshli xonanda “Renaissance” gastrolining bir qismi bo‘lgan bu safargi konsertida  muxlislariga qo‘shimcha metro xizmatini taqdim etgan va buning uchun 100 ming dollar to‘lagan. Chunki uning konserti ob-havo yomonligi sabab 2 soatga kechiktirilgan. 

Beyonsening sharofati bilan metro qo‘shimcha 1 soat ishlagan. Unda poyezdga “Morgan bulvari” bekatidan chiqishga ruxsat berilgan va 100 ga yaqin boshqa stansiyalarda eshiklar faqat chiqish uchungina ochilgan. 

Ma’lumot uchun, Beyonse “Renaissance” gastrol safari davomida Yevropaning bir qancha shaharlarini kezib chiqqan. Qo‘shiqchi ushbu konsertlar seriyasini 1 oktyabr kuni Kanzas shahridagi “Arrowhead” stadionida yakunlamoqchi.

Eslatib o‘tamiz, megayulduzning ushbu tur doirasidagi Stokgolmga tashrifi mamlakatda mahsulotlar va xizmat ko‘rsatish narxining kutilmaganda oshib ketishiga sabab bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

metro Vashington gastrol Beyonse qo'shiqchi Renaissance

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing