Bevalarni jangarilarga erga berish bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ayol qidirilmoqda

3-sahifa

image

Terroristik tashkilot jangarilariga beva ayollarni turmushga berish bilan shug‘ullanib kelayotgan namanganlik ayol qidirilmoqda. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Sattorova Roziya (laqabi Fotima) 1982 yilda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U turmush o‘rtog‘i ta’sirida “Jihodchilar” diniy ekstremistik tashkiloti g‘oyalarini qo‘llay boshlagan va oila a’zolariga hijrat, jihod qilish kerakligini aytib, da’vatlar qilib kelgan. 

Qidiruvdagi shaxsning o‘zi ham turmush o‘rtog‘i va bir nafar farzandi bilan Turkiya orqali Suriyaga borgan hamda “Tavhid va jihod” xalqaro terroristik tashkiloti safiga qo‘shilgan. U jamoat tarkibidagi beva ayollarga mas’ul etib tayinlangan. Hozirda tashkilot jangarilariga beva ayollarni turmushga berish hamda jamoat rahbarlarining topshiriqlarini ayollarga yetkazish bilan shug‘ullanib kelmoqda. 

U  Jinoyat kodeksining 1552-moddasi (Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish, chiqish yoki harakatlanish) 2-qismi, 2442-moddasi( Diniy ekstremistik, separatistik, fundamental yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, tergov organidan yashirinib kelgani uchun 2020 yildan buyon qidiruvda.

“Ushbu shaxs to‘g‘risida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz +998942775776, +998972177100 raqamlariga xabar berishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 28 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Janubiy Koreyaga o‘qishga borib, u yerda terroristik tashkilot yetakchilarining ta’siriga tushib qolgani aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

jangari Beva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing