Beterbiyev va Smit mutlaq jahon chempionligi uchun jang qiladi

Sport

image

Boks bo‘yicha yengil vaznda WBC, WBO va IBF yo‘nalishlari chempioni rossiyalik Artur Beterbiyev va WBA supero‘rta vazn toifasi chempioni hisoblangan angliyalik Kallum Smit o‘rtasidagi mutlaq jahon chempionligi uchun jang sanasi aniq bo‘ldi. Bu haqda “Championat.com” xabar berdi.

WBC mazkur to‘qnashuv o‘tkazilishiga ruxsat berdi. Jang shu yilning 20 avgust kuni Kanadaning Kvebek shahrida bo‘lib o‘tadi. 

Ma’lumot uchun, Beterbiyev yanvar oyida britaniyalik Entoni Yardni nokautga uchratib, professional faoliyatida 19 ta nokaut qayd etgandi. Kallum Smit esa 30 ta jangning 29 tasida g‘alaba qozongan, faqat meksikalik Saul Alvaresga qarshi to‘qnashuvda mag‘lub bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik boks afsonasi Roy Jons Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev o‘rtasida o‘tkazilishi kutilayotgan jang haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashib, ikkala sportchining ham imkniyatlarini teng baholagandi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Boks Beterbiev engil vazn Smit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing