Beterbiyev - Smit jangining yangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Boks bo‘yicha yengil vaznda WBC, WBO va IBF yo‘nalishlari chempioni rossiyalik Artur Beterbiyev va britaniyalik bokschi Kallum Smit 2024 yilning 13 yanvar kuni o‘zaro to‘qnash keladi. Bu haqda Top Rank Boxing  o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Aslida to‘qnashuv 19 avgust kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq rossiyalik bokschining shoshilinch operatsiyasi tufayli jang boshqa sanaga qoldirildi. Beterbiyevning suyaklarida infeksiya aniqlanib, keyinroq uning jag‘i operatsiya qilindi.

Ma’lumot uchun, Beterbiyev yanvar oyida britaniyalik Entoni Yardni nokautga uchratib, professional faoliyatida 19 ta nokaut qayd etgandi. Kallum Smit esa 30 ta jangning 29 tasida g‘alaba qozongan, faqat meksikalik Saul Alvaresga qarshi to‘qnashuvda mag‘lub bo‘lgan.

Hozir Artur Beterbiyev 38 yoshda. Rossiyalik jangchi professional ringda 2013 yilda debyut qilgan. U 2017 yil noyabrida IBF unvonini qo‘lga kiritib, birinchi marta jahon chempioni bo‘lgan. Beterbiyev ukrainalik Aleksandr Gvozdik va amerikalik Jo Smitni nokautga uchratganidan so‘ng WBC va WBO kamarlariga ega chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Artur Beterbiev Saul' Al'vares

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing