Beterbiyev-Bivol jangi yil yakunida o‘tkazilishi mumkin

Sport

image

Boks bo‘yicha jahon chempioni Artur Beterbiyev 2024 yil oxirida Dmitriy Bivolga qarshi jang o‘tkazmoqchi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Beterbiyev va Bivol o‘rtasidagi jang 1 iyun kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq Beterbiyevda jarohat borligi bois to‘qnashuv bekor qilindi. Artur tizzasidan operatsiya qilinadi.

“Artur Beterbiyev bu jang yil oxirida bo‘lishini kutmoqda”, deyiladi manba xabarida.

39 yoshli Beterbiyevning rekordi 20 ta g‘alabani (20 tasi nokaut bilan) tashkil etadi va u hali mag‘lubiyatga uchramagan. Beterbiyev Butunjahon boks kengashi, Xalqaro boks federatsiyasi va Jahon boks tashkiloti tomonidan chempionlik unvonlariga ega chiqqan. Butunjahon boks assotsiatsiyasi chempioni bo‘lgan 33 yoshli Bivol hisobida esa 22 g‘alaba (11 ta nokaut) bor.


Maqola muallifi

Teglar

Artur Beterbiev Dmitriy Bivol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made